Samarqandda yana 30 kishida koronavirus aniqlandi
🔺2020 yil 30 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41424 (+121) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Samarqand viloyatida hamda 8 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
🔴Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli N.I. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli M.Yu. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
❗️E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 121 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida ham 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
❗️Shunday qilib yurtimizda 38655 (+296) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 2456 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.