Samarqandda yana 46 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirdi

🔺 2021 yil 26 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99 344 (+280) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 4 nafari Andijon viloyatida,
📌 1 nafari Buxoro viloyatida,
📌 5 nafari Jizzax viloyatida,
📌 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 6 nafari Namangan viloyatida,
📌 46 nafari Samarqand viloyatida,
📌 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 9 nafari Xorazm viloyatida,
📌 59 nafari Toshkent viloyatida,
📌 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
🔹 Buxoro viloyatida 4 nafar,
🔹 Jizzax viloyatida 8 nafar,
🔹 Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
🔹 Navoiy viloyatida 2 nafar,
🔹 Namangan viloyatida 4 nafar,
🔹 Samarqand viloyatida 40 nafar,
🔹 Sirdaryo viloyatida 17 nafar,
🔹 Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
🔹 Xorazm viloyatida 7 nafar,
🔹 Toshkent viloyatida 57 nafar,
🔹 Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94 952 (+269) nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan, tibbiyot muassasalarida esa 3 707 nafar bemor davolanmoqda.