Samarqandda yana bir advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB va prokuratura xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida 1986 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, ayni paytda “Marokand Lawyers” advokatlik firmasi advokati sifatida faoliyat yuritib kelayotgan R.A. mahalliy fuqaroning uy masalasi bo‘yicha apellyasiya tartibida ko‘rilayotgan sud ishini o‘zining tanishlari orqali fuqaroning foydasiga hal qilib berish evaziga undan 1200 AQSh dollarini xizmat xonasida olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.