Samarqandda yana bir noqonuniy savdoga chek qo‘yildi: avtomashina ichidan katta miqdorda dori vositalari topildi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Samarqand shahrida olib borgan tezkor tadbirida “Yulduz” kafesi yonida joylashgan avtomashinalar turargohida turgan Yu.F. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinani ko‘zdan kechirdi.
Avtomashinadan yo‘lovchi sifatida ketayotgan X.Sh.ga tegishli bo‘lgan jami 34 million 240 ming so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur dori vositalari guvohlar ishtirokida qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olib qo‘yildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, viloyat bojxonachilari joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 9 ta holatda 112 mln 287 ming so‘m, jami 7385 dona dori vositalarini noqonuniy savdosini to‘xtatib qolishgan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.