Samarqandda yangi harbiy markaz ish boshladi
– Shu paytga qadar milliy armiyamiz uchun kichik mutaxassislar mamlakatimizdagi harbiy okruglar serjantlar maktablarida tayyorlanar edi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi boshlig‘ining o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Shuhrat Qosimov. – Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni tashabbusi bilan serjantlar maktablari tugatilib, mamlakatimizda yagona Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi tashkil etildi.

Avvalgi serjantlar tayyorlash markazida asosiy e’tibor kichik komandirlar tayyorlashga qaratilgan bo‘lsa, bu yerda ushbu vazifa bilan birga, serjantlar malakasini oshirish ham yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, markazda mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik kursi, serjantlar tarkibini tayyorlash kursi (kichik serjantlar, serjantlar va katta serjantlar), serjantlar tarkibi malakasini oshirish kursi tashkil etildi. Muhandislik bo‘linmalari, aloqa bo‘linmalari, zirhli tank xizmati, artilleriya bo‘linmalari, quruqlikdagi qo‘shinlar va havo hujumidan mudofaa singari 11 mutaxassislik bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlanadi.
Maqolaning to‘liq matnini 14 aprel da nashrdan chiqqan “Zarafshon” gazetasining 44-sonida o‘qing.
F.MATLABOV,
A.ISROILOV (foto).