Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yo‘lovchi va haydovchilarga 600 dona yo‘l harakati qoidalar to‘plami tarqatildi

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi hamda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan haydovchi va yo‘lovchilarga 4 turdagi 600 dona yo‘l harakati qoidalariga oid me’yoriy hujjatlar to‘plamlari bepul tarqatildi.

“Juma - yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni” hamda “Avtomobilsiz kun” aksiyalari doirasida tashkil etilgan mazkur loyiha asosida Samarqand shahrida harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilarga tarqatilgan to‘plam muallifi yuridik fanlari nomzodi, dotsent X.Mamatovdir.

- Yo‘l-transport hodisalarining aksariyati haydovchilar va piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini to‘liq bilmaslik, bilganda ham unga rioya qilmasliklari oqibatida sodir etilmoqda, - deydi SamDAQI talabasi Said Usmonov. – Ushbu loyihada bevosita ishtirok etdim va tengdoshlarimizga qo‘llanmalar tarqatdim. Endi ular bundan oqilona foydalansa bas. Qo‘limizda kitobcha bo‘lsa-yu, uni o‘qimasak, yozilgan qoidalarga amal qilmasak, befoyda.

G‘ofirjon BOBOBEKOV.