Samarqandda yoshlar o‘rtasida “Charm to‘p” bellashuvi yakunlandi
Viloyatimizning barcha hududlarida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida mahallalararo uch bosqichda “Charm to‘p” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning final bosqichi “Dinamo” o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahridagi Xo‘ja Soat mahallasi va Kattaqo‘rg‘on shahrining O‘rikzor mahallasi yoshlari o‘zaro maydonda to‘p surdi. Yakunda Kattaqo‘rg‘onning “Do‘stlik” jamoasi yosh futbolchilari g‘olib bo‘lib, musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Axror Shamsiyev.