Samarqandda zamonaviy tipdagi “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro”si tashkil etiladi

Samarqand shahar, Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 2-uy manzilda zamonaviy tipdagi “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro”si tashkil etiladi.

Norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markaziga yuridik maqom berilib, strukturasi va shtat birliklari belgilab olindi.

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda «freyelancyer» tizimi joriy etiladi. Bunda, vaqtinchalik bir martalik ish izlashda onlayn tizimi orqali ish qidiruvchilar qulay tarzda ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, ayniqsa, xotin-qizlarning uy sharoitida ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi;

Byuroda qo‘shimcha ravishda ijtimoiy-maishiy (yotoqxona, oshxona, somsaxona, sartaroshxona poyabzal tuzatish ustaxonasi va boshqalar) bino-inshootlar quriladi.

Bundan tashqari, qurilish ishlariga mo‘ljallangan ayrim asbob va uskunalarning vaqtinchalik ijaraga berilishi ham yo‘lga qo‘yiladi.

A.Xafizov,

Samarqand shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori v.b.