Samarqandda «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari sovrini uchun shaxmat musobaqasi boshlandi. Unda xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ishtirok etyapti

Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat jismoniy tarbiya va sport, matbuot va axborot boshqarmalari, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan havaskorlar bellashmoqda.
Tadbirda jahon va Osiyo chempionati g‘olibi, xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ishtirok etmoqda. Tadbir avvalida unga Samarqand viloyat hokimligining faxriy yorliq va tashakkurnomasi topshirildi.
Ayni paytda ishtirokchilar o‘zlarining shaxmatdagi intellektual qobiliyatini namoyish etishga kirishdilar.
J.Sindorov samarqandlik yosh shaxmatchilar uchun mahorat mashg‘uloti (master-klass) o‘tkazmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.