Samarqanddagi aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha dispetcherlik xizmatlari tugatilib, “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Prezidentning 2022 yil 16 iyunda qabul qilingan "Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida tashkil qilinadi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 dekabrga qadar Samarqand, Andijon, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik xizmatlari tugatilib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.