Samarqanddagi bir stadion o‘rniday joyda joylashgan dunyoning eng mitti davlati haqida bilasizmi?
Vatikán (lat. Status Civitatis Vaticanæ, ital. Stato della Città del Vaticano), dunyodagi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan eng mitti davlat hisoblanadi. Bu mitti davlat Italiya poytaxti Rim shahrning o‘rtasida, Vatikan tepaligida joylashgan. Bu davlatni Rim papasi boshqaradi. Shuningdek bu davlat xristian dini, katolik mazhabining markazi hisoblanadi.
Vatikan 1964 yildan BMT da kuzatuvchi maqomida. 2008 yilda esa bu mitti davlat Interpol bilan faol aloqalarni boshladi.
Vatikanning asosiy daromadi dunyo bo‘ylab yashaydigan katoliklarning ehsonlari, sayyohlik, shuningdek ushbu mitti mamlakat chiqaradigan pochta markalariga ham qiziquvchilar ko‘p.
Umumiy ma’lumotlar
Mustaqillik kuni: 1929 yil, 11 fevral (Italiyadan)
Rasmiy til: Italyan va lotin tillari
Poytaxti: Vatikan
Boshqaruv usuli: Absolyut monarxiya
Mamlakat rahbari: Rim papasi Fransisk
Davlat kotibi: Petro Parolin
Gubernator: Djuzeppe Bertello
Hududi: 0,44 km² (dunyoda 276-o‘rinda)
Aholisi: 1000 kishi (241-ye)
Aholi zichligi: 1 km² da 1913 kishi
Milliy valyutasi: Yevro (EUR, kod 978)
Byudjeti: 310 mln. AQSh dollari
Internet-domeni: .va .eu
ISO kodi: VA
Xalqaro telefon kodi: +3906698 va +379
Soat mintaqasi: UTC+1
Avtomobil harakati: o‘ng taraflama.