Samarqanddagi chiqindi poligonlari rekultivatsiya qilinmoqda

Samarqand viloyati «Toza hudud» davlat unitar korxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta old yuk ko‘taruvchi va bir dona kompaktor texnikasi olib kelindi.

«UzXCMG» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, olib kelingan mazkur texnika vositalarini viloyat "Toza Hudud" davlat unitar korxonasi shahar va tuman filiallariga qarashli chiqindi poligonlari uchun yetkaziladi.

Hozirda ushbu texnikalar viloyatdagi chiqindi poligonlarida yong‘in chiqish holatlari, maishiy chiqindilarning ekologiyaga zararli ta’sirini kamaytirish uchun poligonlarda rekultivatsiya ishlarini boshladi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.