Samarqanddagi milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyatida joylashgan "Zarafshon" milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in 2024 yil 13 yanvar kuni tabiat bog‘ining Olmazor mahallasi hududida joylashgan qismida kelib chiqqan.
Holat bo‘yicha yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.
Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi mas’ullari hodisa joyiga chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln. so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan tomonidan nazoratga olingan.