Samarqandlik IIB faxriylari Xorazm viloyatiga sayohat qildi
Joriy yilning 24-25 dekabr kunlari Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida ko‘p yillar xizmat qilib, bugun nafaqa gashtini surayotgan, qolaversa, yosh xodimlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 30 nafar faxriylar ma’naviy hordiq chiqarish uchun viloyat ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi homiyligida Xorazm viloyatiga sayohat qildi.
Safar davomida faxriylar Xorazm viloyatida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, IIB xodimlari uchun qurilgan ma’muriy bino va boshqarma tarixiga oid muzey faoliyati bilan tanishdi.
Xivadagi Ichan-qal’a majmuasi, Islomxo‘ja va Pahlavon Mahmud maqbaralarini ziyorat qildi, Jaloliddin Manguberdi haykali poyiga gul qo‘yishdi. Tashrif davomida faxriylar Samarqand viloyati IIB sovg‘asini Xorazm viloyati IIB muzeyiga esdalik sifatida topshirdi.
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.