Samarqandlik olimning kitobi Angliyada chop etildi
Professor Askar Hasanovning “Experimental and Theoretical Study of Strength and Stability of Soil” (“Gruntlar chidamliligi va turg‘unligining eksperimental va nazariy tadqiqotlari”) deb nomlangan kitobi 2020 yilda Angliyaning mashhur “Taylor@Francis Group” nashriyoti tomonidan chop etildi.
Tuproqning barqarorligi va buning asosiy muammolariga bag‘ishlangan kitobda eksperimental natijalar mavjud kuch nazariyalari bilan taqqoslangani va ularning mos kelmaslik sabablari ochib berilgani bilan qimmatlidir.
A.Hasanov Samarqand davlat universiteti va Samarqand arxetektura-qurilish institutida professor lavozimida ishlab kelmoqda. U “Geofundamentproyekt” MChJ ishlab chiqarish tashkiloti rahbari, 1996 yildan buyon muhandislik geologiyasi sohasida Nyu-York fanlar akademiyasining a’zosi (2007 yildan), O‘zbekiston geotexnika uyushmasi raisi sifatida ham faoliyat olib bormoqda. U mamlakatimizda murakkab muhandislik va geologik sharoitda qurilgan 300 dan ortiq poydevor loyihalarining muallifi hisoblanadi. Xalqaro mexanika va geotexnika muhandisligi xalqaro jamiyati (ISSMGE) qoshidagi “TC 19 - Geotexnika va jahon madaniy meros ob’yektlarini saqlash” xalqaro texnik qo‘mitasining a’zosi.
Uning “Samarqandning me’moriy yodgorliklari tuzilmalari” (2009), “Tuproqning mustahkamligi va barqarorligini eksperimental va nazariy o‘rganish” (2015), “Qumloqli tuproqlar asoslari” kabi kitoblaridan soha mutaxassislari keng foydalanib kelmoqda.