Samarqandlik o‘quvchilar qo‘ng‘iroqni avtomatik boshqaruvchi moslama ixtiro qildi

Samarqand shahridagi 9-IDUM 10-“B” sinf o‘quvchilari Aziz Yusupov va Zarshed Qamarovlar maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga kirish-chiqish vaqtini belgilovchi avtomatik qo‘ng‘iroq ixtiro qilishdi.

Ayni paytda ushbu moslama orqali maktabning har 45 minut dars jarayonlari hamda 5 daqiqali tanaffus oralig‘i avtomatik boshqarilmoqda.

Maktab direktori o‘quvchilarning ilgaridan yangilik yaratishga qobiliyati borligini ta’kidlar ekan, o‘tgan yili bolalar tomonidan ixtiro qilingan “aqlli uy” mutaxassislar tomonidan e’tirof etilganini aytdi.

Aziz Yusupov va Zarshed Qamarovlar ayni paytda maktabning robototexnika to‘garagiga qatnaydi. Ular kelajakda IT sohasi mutaxassislari bo‘lmoqchi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.