Samarqandlik sportchilar Osiyo o‘yinlarida qanday natijaga erishdi?

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoamiz a’zolari 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 medal bilan musobaqani beshinchi o‘rinda yakunladi.

Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlari tarixida medallar sifati va soni bo‘yicha eng yaxshi natijasi bo‘ldi. Quvonarlisi, ushbu xalqaro sport musobaqasida 18 sport turi bo‘yicha viloyatimizdan 48 nafar sportchi ishtirok etdi va musobaqalarda 13 ta medal (5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.

Ular orasida quyidagi sportchilar bor:

Oltin medal

- dzyudo - Diyora Keldiyorova;

- akademik eshkak eshish (M4 dasturi) - Shehroz Hakimov, Davronjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev;

- yengil atletika - Sharifa Davronova;

- badiiy gimnastika (jamoaviy dastur) - Taxmina Ikromova va Vilana Savadyan;

- badiiy gimnastika - (yakkalikning ko‘pkurash dasturi) Taxmina Ikromova.

Kumush medal

- akademik eshkak eshish (M2 dasturi) - Shehroz Hakimov va Dilshodjon Xudoyberdiyev;

- akademik eshkak eshish (LW2x juftlik dasturi) Malika Tagmatova;

- akademik eshkak eshish (M4x dasturi) - Shahzod Nurmatov, Sobirjon Safaraliyev;

- dzyudo - Davlat Bobonov;

- dzyudo (jamoaviy dastur) - Davlat Bobonov va Diyora Keldiyorova.

Bronza medal

- akademik eshkak eshish (LW2x juftlik dasturi) - Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev;

- boks - Nigina O‘ktamova;

- shaxmat (jamoaviy) Jahongir Vohidov.