Samarqandlik sportchilar Qozog‘istondagi turnirda sovrindor bo‘ldi
Qozog‘istonda velosport bo‘yicha 53-an’anaviy ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.
Uch davlatdan 100 nafarga yaqin velosportchi ishtirok etgan musobaqada 15 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qildi. Terma jamoa tarkibida qatnashgan 7 nafar samarqandlik velopoygachilarning ikki nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Jumladan, yakkalik bahslarida ikkinchi o‘rinni Nikita Yeryomov va beshinchi o‘rinni Samariddin Saidbekov qo‘lga kiritdi.
Musobaqadan qaytgan sportchilar va ularning murabbiyi viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, viloyatimiz sportchilari 2018 yilda o‘tkazilgan mazkur turnirda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan edi.