Samarqandlik tadbirkorlar Vengriya ishbilarmonlari bilan hamkorlikni kengaytiryapti
2020-2021 yillarda viloyatimiz hamda Vengriya davlati o‘rtasida tovar aylanmasi salkam 19 million dollarni tashkil etdi.
Jumladan, eksport 180,3 ming dollar va import 18,8 million dollar bo‘ldi.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Vengriyadan 15,7 million dollarlik mahsulot va texnologiyalar import qilingan hamda 0,2 million dollarlik eksport amalga oshirildi.
Viloyatimiz hamda Vengriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama bitimlar imzolangan.
Erishilgan kelishuvlarni to‘liq hajmda amalga oshirishni ta’minlash maqsadida joriy yilning 29 sentyabr–4 oktyabr kunlari viloyat rasmiylari hamda tadbirkorlik sub’yektlari Vengriyada bo‘ldi. Tashrif davomida Vengriya bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida qiymati 8,5 million dollarlik “Qizilmiya ildizini qayta ishlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv hamda 2 million dollarlik savdo shartnomalari tuzildi.