Samarqandlik talabalardan kimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 4 dekabrdagi buyrug‘iga asosan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari davlat stipendiyalariga tayinlandi.

2023-2024 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga tayinlangan talabalar orasida Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ham bor. Quyida ular bilan tanishing:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi) yo‘nalishi talabasi Kamola Toshpo‘latova;

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) yo‘nalishi talabasi Rahmatillo Abdumalikov;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining arxitektura (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi talabasi Shahriyor Rahimov;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi talabasi Bejan Normahmadov;

Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishi yo‘nalishi talabasi Ramiz Shavazi;

Samarqand davlat universitetining yuristprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi talabasi Saidmuhammad Ibodullayev;

Samarqand davlat chet tillar institutining tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi Ra’no Ziyotova;

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Jahongir Mamarizoyev.

Shuningdek, Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining 45 nafar talabasi Alisher Navoiy, Islom Karimov, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi.