Samarqandlik taniqli jurnalist Eduard Sagalayev vafot etdi

Eduard Sagalayev 1946 yil 3 oktyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan. Faoliyati davomida “Samarkandskiy vestnik” tahririyatida qalam tebratgan (1969-1972). 

Eduard Sagalayev — siyosiy fanlar doktori, Xalqaro televizion san’at va fanlar akademiyasi a’zosi bo‘lgan.

«Zarafshon» va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati hamda Zarnews.uz sayti jamoasi Eduard Sagalayevning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.