Samarqandning 61 ta chorrahasidagi svetoforlar masofadan boshqariladi

ShHTning navbatdagi sammiti o‘tkaziladigan hududlarga zamonaviy energiya tejamkor svetoforlar o‘rnatilgan. Muhimi, harakatni tartibga solish uchun mazkur qurilmalarni masofadan boshqarish mumkin.

Viloyat IIB YHXB maxsus ekspluatatsiya montaj bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chalardagi chiziqlarni yangilash uchun 17 tonna bo‘yoq ishlatilgan.

Xususan, 6 ming kvadrat metrdan ziyod piyodalar yo‘laklari oq va sariq rangga bo‘yalgan.
Shuningdek, sammitga tayyorgarlik doirasida Samarqandga 2800 ta yo‘l belgilari keltirilgan. Manbaning bildirishicha, ular zaruratga ko‘ra, tegishli joylarga o‘rnatilmoqda.