Samarqandning eng bilimdon, zukko hamshiralari aniqlandi

Samarqand shahridagi "Nurafshon" madaniyat saroyida “Hamshira – 2024” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan 13 nafar hamshira beshta shart bo‘yicha bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali hamshirasi Nodira Melikova birinchi,
Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Xonzodabegim Sherxonova ikkinchi, Paxtachi va Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmalari hamshiralari Sharifa Turniyozova hamda Muhtaramxon Bo‘lakova uchinchi o‘ringa munosib topildi.
Shuningdek, bir guruh soha xodimlari “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovining turli nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlandi.