Samarqandning eng faol jurnalisti kim?

Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi “Samarqandning eng faol jurnalisti” viloyat tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov televideniye, radio, internet, bosma nashrlar, fotojurnalistika va OAV bilan faol hamkorlik qilgan axborot xizmati yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
Tanlov talablari quyidagicha:
– viloyatimizda amalga oshirilayotgan ulkan yaratuvchanlik ishlari hamda yil dasturlari bilan bog‘liq jarayonlarni keng yoritib borish;
– yoritilayotgan mavzuga chuqur yondashish, haqqoniy tahlil qilish, mustaqil jurnalistik fikr yuritish va jamoatchilik fikrini uyg‘otishga intilish;
– Vatan, xalq, jamiyat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz siymosini yaratish.
Tanlovga quyidagi hujjatlarni yuborishingiz talab etiladi:
- muallifning pasporti nusxasi;
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (ob’yektivka);
- muallifning ijodiy va ijtimoiy faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositasi rahbarining tavsiyanomasi;
- muallifning manzili va aloqa telefonlari;
- ijodiy ishlarning fayl to‘plami (albom holatida), skaner va elektron nusxasi (televideniye hamda radio bo‘yicha ko‘rsatuv va eshittirishlar disk yoki flesh xotirada).
Tanlovga 2024 yil 1 iyunidan 2025 yilning 1 iyuniga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kamida 5 ta ijodiy ishlar joriy yilning 20 iyunigacha tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi (Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy. Viloyat Matbuot uyi)ga yuborilishi lozim.
G‘oliblar 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi.
Murojaat uchun tel.: 66-233-91-59, 66-233-91-69.