“Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi pora olayotganda qo‘lga olingan
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi aholi xonadonlariga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari J.A. fuqaro D.N.ning xonadonidagi isitish qozoni gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 4 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.