Samarqandlik ikki sportchi Osiyo chempioni bo‘ldi

Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning qizlar o‘rtasida final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

Ularning 6 nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikki bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar orasida samarqandlik sportchilar ham bor. Jumladan, 54 kilogramm vazn toifasida Nigina O‘ktamova, 66 kilogramm vazn toifasida Navbahor Hamidova Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 57 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan yana bir samarqandlik bokschi Sitora Turdibekova kumush medalga ega chiqdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
Kumush:
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Bronza:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova

Ma’lumot uchun, qizlar terma jamoamiz musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi.
Yigitlar o‘rtasida final bahslari ertaga, 26 yanvar kuni o‘tkaziladi va unda 10 nafar bokschimiz finalda ringga ko‘tariladi.