SamATI Shinjong Qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor Sh. Hasanov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida joylashgan Shinjong Qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘ldi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati bilan talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Urumchida tashkil etilgan “2025 Xitoy – Markaziy Osiyo mamlakatlari sanoat-ta’lim-tadqiqot-amaliyot integratsiyasi va hamkorlik” mavzusidagi xalqaro sammitda ishtirok etdi. Ushbu nufuzli anjumanda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining oliy ta’lim vazirlari, universitet rektorlari, yetakchi olimlar va mutaxassislar qatnashdi.
Bu tashrif institutning xalqaro hamkorlik salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy va amaliy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.