SamDChTIda bitiruvchilari magistrlik ishlarini onlayn himoya qilmoqda

Joriy yilning 1 iyunidan Samarqand davlat chet tillar instituti magistrantlari bitiruv-malakaviy ishlarini himoya qilishni boshladi.

Himoyalar bevosita ZOOM dasturi orqali tashkil etilib, magistrlar o‘z uylaridan turib, ko‘pi bilan har bir ishtirokchi 10-15 daqiqa davomida ilmiy tadqiqod ishining mazmun-mohiyati, yangiligi, fan taraqqiyotida ahamiyatlilik darajasini komissiya a’zolariga yetkazib bermoqda.

Jarayonda magistrantlarning guruh rahbarlari, ilmiy rahbarlari, fakultet dekanlari, komissiya a’zolari, hatto ota-onalari ham onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Har kuni onlayn tarzda 12 yoki 13 nafar magistrant himoya ishini muvaffaqiyatli topshirmoqda. Ularning ichida ZOOM dasturidan foydalana olmayotgan va himoyalarda ishtirok eta olmagan magistrlar ham mavjud. Bu atigi 1 foizni tashkil etadi. Ammo o‘sha magistrantlar ham keyingi kuni bo‘ladigan himoyaga jalb etiladi va himoyadan muvaffaqiyatli o‘tishiga sharoit yaratib beriladi.

SamDChTI axborot xizmati.