SamDTU talabalari "Vatanparvarlik o‘yinlari–2025" xalqaro musobaqasida muvaffaqiyat qozondi

Belarusning Grodno shahrida "Vatanparvarlik o‘yinlari–2025" xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbir Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlandi.

Musobaqa Grodno davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Belarus, Rossiya va O‘zbekiston davlatlaridan 20 ga yaqin oliy ta’lim muassasasining 100 dan ortiq talabasi ishtirok etdi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari musobaqaning harbiy amaliy estafeta bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa doirasida talabalar "Harbiy-sport estafetasi", "Harbiy dala voleyboli", "Harbiy dala darsi", "Razvedatlon", "Shturm", "Arqon tortish" kabi qator jismoniy va aqliy sinovlarda o‘z kuch va bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun harbiy tarixiy viktorina va vatanparvarlik qo‘shiqlar kechasi tashkil etildi.

Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari jismoniy tayyorgarlik, aqliy salohiyat va jamoaviy ishlashda yuqori natijalarni namoyon etdi.