Samolyot va poyezdda harakatlanuvchi yo‘lovchilar uchun tartib-qoidalar belgilandi

➖ Yo‘lovchilarning parvoz vaqtida havo kemasi salonida harakatlanishlari taqiqlanadi (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno).

➖ Parvoz vaqtida oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil jurnal va gazetalar tarqatilmaydi (avariya holatidagi harakat yo‘riqnomasi bundan mustasno).

➖ Parvoz vaqtida yo‘lovchilarga faqatgina 250 ml. hajmdagi qadoqlangan ichimlik suvlari beriladi.

➖ Yo‘lovchilarga poyezd vagonlarida o‘zlariga taqdim etilgan bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarini yechishlariga ruxsat berilmaydi (yo‘lovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno).

 ➖ Yo‘lovchilarning vagonlar bo‘ylab harakatlanishlari taqiqlanadi (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno).

➖ Vagonlarning hojatxona hamda tamburlarida yo‘lovchilarning to‘planishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

➖ Yo‘lovchilar uchun hojatxonalar sanitariya va gigiyena tozalovchi vositalari, antiseptik vositalar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Mazkur vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov axborot berdi.