"Samosud"ni videoga olib internetda tarqatgan shaxs 22 million so‘mdan ortiq jarimaga tortiladi
«Samosud» jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan shaxslar Jinoyat kodeksining 130-moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, ya’ni 22 million so‘mdan ziyod jarima jazosi qo‘llanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.
Bu haqda AOKAdagi o‘tkazilgan matbuot anjumani IIV tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev ma’lumot berdi.
- Xo‘sh, «samosud»ga aralashgan odam qanday jazoga tortiladi? Birinchidan, shaxsning harakatlari «samosud» qilingan jabrlanuvchining shunga qaratilgan xatti-harakatdan kelib chiqadi. Ya’ni, uni tutqunlikda ushlash, jabrlanuvchiga qay darajada jarohat yetkazganidan kelib chiqib jazo belgilanadi.
Yoki jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik oqibatida sodir etgan qilmishi uchun tegishli moddalar bilan javobgarlik nazarda tutilgan.