Samsung konserni yetakchisi vafot etdi

Samsung yetakchisi Li Xon Xi bugun, 25 oktyabr kuni 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ryonxap agentligi ma’lum qildi.
Tadbirkor Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi Samsung kasalxonasida vafot etdi.
Li Xon Xi 1942 yilda tug‘ilgan, u 1987 yilda otasi va Samsung giganti asoschisi Li Byon Choldan keyin kompaniyaning ikkinchi raisi bo‘ldi.
2014 yilda Li Xon Xi yurak xurujini boshdan o‘tkazdi, shundan so‘ng korporatsiya nazorati bilan merosxo‘r hisoblangan uning o‘g‘li, Samsung Electronics kompaniyasining vitse-prezidenti Li Chja Yong shug‘ullandi.
Li Chja Yongdan tashqari Li Xon Xinning ikki nafar qizi bor: Li Bu Chjin va Li So Xyon. Yana bir qizi Li Yun Xyon 2005 yilda o‘z joniga qasd qilgan.