Sana: 28 iyul – Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni
Ushbu kun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan va birinchi bo‘lib Butunjahon Gepatitga qarshi kurash Alyansi (World Hepatitis Alliance, WHA) tashabbusi bilan 2011 yilda o‘tkazildi. Alyansga dunyoning 100 mamlakatidan 300 dan ortiq tashkilotlar kiradi.
Butunjahon gepatitga qarshi kun sanasi shu kuni tug‘ilgan «gepatit B» virusini kashf etgan Nobel mukofoti sovrindori, professor Barux Semyum Blumberg sharafiga tanlangan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 325 million kishi B yoki S gepatitini yuqtiradi va bu kasallik har yili 1,1 million kishini yorug‘ olamdan olib ketadi. "COVID-19" pandemiyasi fonida har kuni minglab odamlar virusli gepatitdan halok bo‘lmoqda. O‘lim darajasi bo‘yicha ushbu yuqumli kasallik sil kasalligidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va gepatit bilan kasallanganlar soni OIV bilan kasallanganlardan to‘qqiz baravar ko‘pdir.
2021 yil Butunjahon gepatitga qarshi kun mavzusi "Gepatitga qarshi kurashni kechiktirib bo‘lmaydi". JSST barcha mamlakatlarni virusli gepatitni aholining sog‘lig‘iga tahdid sifatida 2030 yilga qadar yo‘q qilish bo‘yicha jamoaviy choralar ko‘rishga chaqiradi.