JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum gepatitning 169 holati haqida xabar berdi

“2022 yil 21 aprel holatiga ko‘ra, Yevropa mintaqasidagi 11 va Amerika mintaqasining 1 ta davlatida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kamida 169 ta o‘tkir gepatit holati qayd etilgan”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Bolalarda jami 114 ta o‘tkir gepatit holati: Buyuk Britaniya, Ispaniya, Isroil, AQSh va Daniya, Irlandiya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Fransiya, Ruminiya va Belgiyada aniqlangan.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, bemorlar yoshi 1 oydan 16 yoshgacha. Ularning taxminan 10 foizi jigar transplantatsiyasini talab qiladi. Tashkilot kamida bitta o‘lim haqida ma’lumotga ega.

JSST ta’kidlaganidek, adenovirus va boshqa keng tarqalgan infeksiyalar oldini olish bo‘yicha umumiy chora-tadbirlar qo‘lni muntazam yuvish va nafas olish gigiyenasini o‘z ichiga oladi.

Tashkilot JSSTga a’zo davlatlarga bolalarda o‘tkir gepatit holatlarini tekshirish va xabar berishni tavsiya qildi. Shu bilan birga, JSST Buyuk Britaniya yoki o‘tkir gepatit holatlari aniqlangan boshqa mamlakatlar bilan sayohat va savdoga cheklovni tavsiya etmadi.