Sana: 31 may - Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1988 yilda 31 may kunini Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan.

Ushbu sananing global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.

JSST ma’lmuotiga ko‘ra, har yili tamaki iste’moli oqibatida 6 millionga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumadi va agar unga qarshi kurashga kirishmasak, bu ko‘rsatkich yiliga 8 milliondan oshadi. Tamaki iste’moli jinsi, yoshi, irqi va madaniyatiga qaramay, har qanday kishi uchun xavf tug‘diradi.

Tamaki iste’moli sog‘liqni saqlash va faoliyat samaradorligining pasayishini inobatga olganda, milliy iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. U sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni chuqurlashtiradi va qashshoqlik muammosini yanada kuchaytiradi.

Tamaki iste’moli natijasida erta o‘lim holatlarining 80 foizi past va o‘rta darajali daromad oluvchi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.

Tamaki yetishtirish uchun har yili 4,3 million gektar yerdan foydalaniladi, buning natijasida global o‘rmonsizlanish 2 foizdan 4 foizga yetadi. Tamaki sanoati shuningdek 2 million tonnadan ortiq qattiq chiqindilarni chiqaradi.