Sankt-Peterburgdagi qurilishda 4 nafar o‘zbekistonlik fuqaro jarohatlandi

27-may kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Priozero tumanidagi qurilish ob’yektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 kishi, jumladan. 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi.

TIV xabariga ko‘ra, G‘anisher Toshmamatovich Hasanov (1987 yilda tug‘ilgan) va Sami Hamidovich Qosimov (1970 yilda tug‘ilgan) Leningrad oblasti klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda yetkazilgan. Fazliddin Mirzaraimovich Shomamatov (1992 yilda tug‘ilgan) ham shu kasalxonaga joylashtirilgan.

Mansur Abdurahmonov (1983 yilda tug‘ilgan) Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan.

“Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan”, - deyiladi xabarda.