Saratonni chaqiradigan 6 narsa, buni 90 foiz odam bilmaydi

Onkologik kasalliklar haqida bilmaydigan odam topilmasa kerak. Uni keltirib chiqaradigan sabablari ko‘p, ammo shunday omillar borki, ular organizmda saraton kasalligini kuchaytirib yuboradi. Bu haqda biz o‘z maqolamizda aytib o‘tamiz, deb yozmoqda AdMe.ru.

Biz sizga shuni eslatmoqchimizki, kasallik tashxisini erta aniqlash odam hayotini saqlab qolishi mumkin.

Ortiqcha vazn

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, tanada ortiqcha vaznlik qanchalik ko‘p bo‘lsa, ichki organlarda saratonning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Semizlik tufayli organizm yangilanish jarayonida xavf ortib boradi.

Agar siz jismoniy harakatni oshirib, ozishni boshlasangiz, nafaqat yuqori bosim, ateroskleroz xavfi, diabetdan xalos bo‘lasiz, balki oshqozon, qizilo‘ngach, jigar saratoni ehtimolini kamaytirgan bo‘lasiz.

Qaynoq choy

Agar siz qaynoq choy ichishni odat qilgan bo‘lsangiz, siz uchun yomon xabarimiz bor. Tadqiqodga ko‘ra, 65 darajadan yuqori issiqlikdagi ichimlikni ichish qizilo‘ngachning saraton xavfini oshiradi. Qaynoq suyuqlik qizilo‘ngachga tushgach, shilliq qavat yo‘qoladi va bu yaxshilikka olib kelmaydi. 

Agar siz nosog‘lom turmush tarzi (ichish, chekish)ni birgalikda olib borayotgan bo‘lsangiz, kasallik 5 baravar oshadi. Shuning uchun sizga haddan ortiq issiq choyni ismaslikni tavsiya qilamiz.

Baland bo‘y

Yaqinda olib borilgan izlanishlarda shu narsa ma’lum bo‘ldiki: inson bo‘yi qanchalik baland bo‘lsa, uning saratonga chalinish xavfi shunchalik yuqori bo‘larkan. Ushbu g‘alati tadqiqot 1950 yillarda kashf qilingan, ammo aniq izoh berilmagan. O‘sish darajasi yuqori bo‘lgan insonlar ko‘proq xo‘jayraga ega ekanligi sababli, ularning kamida bittasi mutatsiyaga uchraganligi ehtimoli yuqori.

Tungi smenadagi ish

2007 yilda saratonni chaqiruvchi omillar qatoriga tungi smenada ishlash ham qo‘shildi. 2008 yilda Daniyada 38 nafar ishchi ayollarda ko‘krak saratoni rivojlangan, ular ancha vaqt tungi smenada ishlagan. Ularga moddiy kompensatsiya berilgan, chunki kasallik tungi ish sababli paydo bo‘lganini topishgan.

Tungi vaqtdagi ish bilan saraton o‘rtasidagi bog‘liqlikni kashf etgan bo‘lishsada, olimlar bu borada aniq fikr bildirishgani yo‘q. Biz ijobiy va salbiy tomonlarni taroziga tortgan holda hamma uxlab yotgan paytda ishlamaslikni tavsiya etamiz.

Quyosh ostida yarim soat sayr, hatto 15-30 daqiqa

Quyosh ostida uzoq vaqt bo‘lish melonomani chaqirishi mumkin. Agar siz yarim soat quyoshda himoya vositalarsiz sayr qilsangiz ham teri saratoni ehtimolligi oshadi.

35 yoshgacha bo‘lganlarni tez-tez quyosh tig‘ida sayr etishini tavsiya qilmaymiz, chunki melanomalar oshish ehtimolligi 75 foizdir. Sayr qilishdan oldin oddiy choralarni ko‘rgan ma’qul. Quyoshdan himoyalovchi krem, bosh kiyim, yopiq yengil libos teringizni salomatlikdan asrashi mumkin.

Tutunda go‘shtdan taom

Odamlar cho‘g‘da go‘sht pishirishni xush ko‘rishadi. Tadqiqotda aniqlanishicha, tutun orqali teriga ko‘plab kimyoviy narsalar singgadi. Bular saratonni paydo qilishni kuchaytiradi.

Albatta, sevimli mashg‘ulotdan butunlay voz kechish kerak emas, faqat yopiq kiyimlarda, tutundan uzoqroqda taom tayyorlagan ma’qul. 

Mobil telefonlar saratonni chaqirmaydi

Ko‘pchilik mobil telefonlar miya saratoniga olib keladi, deb hisoblashadi. Bizda yaxshi yangilik bor: mobil telefondan elektromagnit signali va saraton o‘smalari rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik topilmadi. Olimlar 10 yil davomida ushbu savolga javob izlashdi, nihoyat mobil aloqa biz uchun xavfli emasligini aniqlashdi.