Sardoba fojiasi uchun fuqarolardan 41 million so‘m yiqqan firibgar aniqlandi
Sirdaryo viloyati IIB Sardoba fojiasi bo‘yicha fuqarolarimizni shaxsiy hisob raqamiga pul yig‘ayotgan firibgarlar haqida ogohlikka chaqiradi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat IIB xodimlari tomonidan joriy yilning 8 may kuni suv toshqini oqibatlarini o‘rganish va norasmiy manbalar tomonidan asoslantirilmagan ma’lumotlarning tarqatilishini aniqlash bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida “Diqqat hayriya – Sardobada uy quramiz” deb, fuqaro D.J. nomiga “Davrbank”dan ochilgan plastik kartasiga 2020 yilning 2 may kunidan 8 may kuniga qadar 41 679 708 (qirq bir million olti yuz yetmish to‘qqiz ming yetti yuz sakkiz) so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari yig‘ilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.