Sartepada uvol bo‘layotgan ichimlik suvi ertaga to‘xtatiladi
- 07.02.2021 20:37
- 96
- Samarqand
Kecha, 6 fevral kuni Zarnews.uz telegram kanalida "Sartepada toza suv uvol bo‘lyapti" sarlavhali xabar e’lon qilindi.
Unda Samarqand shahrining Sartepa maskanidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yonidagi ko‘chada toza ichimlik suv quvuri yorilgani oqibatida suv isrof bo‘layotgani va asfaltga yoyilib oqayotgan suv yo‘lning bir qismini cho‘ktirib yuborgani aytilgan.
Holat tezda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan o‘rganildi va uni bartaraf etish, eskirgan suv quvurini ertaga, 8 fevral kuni yangisiga almashtirishga kelishib olindi. Sababi, suv quvurini o‘rnatish uchun o‘sha hududdagi aholi xonadonlariga tortilgan ichimlik suvini vaqtincha to‘xtatish kerak bo‘ladi. Ammo bugun dam olish kuni bo‘lgani va fuqarolarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun ishlarni ertaga tashkil qilish maqsadga muvofiqligi hisobga olindi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand