Saudiya Arabistoni fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadi
“Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan Saudiya Arabistoni fuqarolariga O‘zbekiston hududiga kirishda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi.
Bunda ular o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilishi kerak.
Fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati bilan havola orqali to‘liq tanishish mumkin.