Saudiya Arabistoni O‘zbekiston energetika kompleksiga sarmoya kiritadi, 1,65 million xonadonga elektr yetkaza oladigan shamol elektr stansiyasi quriladi

Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi va Saudiya kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 12 mlrd dollar bo‘lgan yirik kelishuvlar imzolandi.

Shunday hujjatlardan biri – ACWA Power kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda quvvati 1,5 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi bitim. Shamol stansiyasi quvvati 1,65 million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yiliga 2,4 million tonna uglerod chiqindilari chiqishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek, ACWA Power and Air Products kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yashil vodorodni ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish va keyinchalik ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ikkinchi Hamkorlik shartnomasi imzolandi.