Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–16-son, 23.01.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.

Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.