Saylov jarayonlari xalqaro kuzatuvchilar nigohida

7-Samarqand saylov okrugi hududidagi saylov uchastkalaridagi saylov jarayonlari xalqaro kuzatuvchilar tomonidan kuzatib borilmoqda. Jumladan, xalqaro kuzatuvchilar Samarqand shahrida joylashgan 105-saylov uchastkasida bo‘ldi.

- O‘zbekistondagi islohotlarning demokratik tamoyillarga hamohang tarzda amalga oshirilayotganligi bugungi saylovda ham o‘z aksini topmoqda, - deydi germaniyalik Frayling Matias. – Uchastkaga kelishda e’tibor qaratdim, fuqarolar saylovga o‘z xohishlari bilan bormoqda. Hech qanday targ‘ibot, majburiy chaqiruvni ko‘rmadim. Uchastkadagi saylov jarayonlari ham xalqaro normalarga mos o‘tkazilmoqda. Bizda ham shunday tartibda tashkil etiladi.

Saylovning o‘tkazilishi, saylovchilar uchun yaratilgan sharoit xalqaro me’yorlarga to‘la mos keladi.

- Saylov jarayonlarining tartibli, xalqaro normalarga mos tashkil etilganligi e’tiborimni tortdi, - deydi vengriyalik xalqaro kuzatuvchi Zoltan Dubetski. - Shuningdek, saylov byulletenlari ko‘p millatli xalqqa mos ular tushunadigan tillarda tashkil etilgan. Bu ham demorkatik tamoyillarning bir ko‘rinishi, albatta. Tashkiliy masalalar yuqori darajada.