Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 150 saylov okrugining 128 tasida deputatlar saylandi.
Shu jumladan,
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 43 nafar,
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 35 nafar,
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 21 nafar,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 18 nafar,
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – 11 nafar deputat saylandi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya’ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi.