Sayyor qabuldan keyin qishloq yo‘li asfalt qilindi

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Toyloq tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida Asror Ahrorov Zarafshon qishlog‘i yo‘lining 5 kilometriga asfalt yotqizish bo‘yicha murojaat qilgan edi.
Viloyat rahbari mutasaddilarga sentyabrgacha ushbu yo‘lni ta’mirlash topshirig‘ini bergandi. Zarafshon qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning ma’lum qilishicha, bugun mazkur yo‘l asfalt qilingan.
“Murojaat tufayli qishlog‘imiz yo‘li asfalt qilindi. Buning uchun viloyat hokimiga barcha qishloqdoshlarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz”, - deyilgan Samarqand – Livega kelgan xabarda.