Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sayyor uchrashuv natijasida uch oila yarashtirildi

Viloyatda yoshlar o‘rtasida oilaviy ajrimlarning tahlili va ajrimlar sonini oldini olish maqsadida Payariq tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudi raisi Sh.Turdaliyev hamda tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i D.Mamasoliyeva bilan birga “Oila muqaddas dargoh" va "Ajrimlarning oila a’zolari ma’naviyatiga salbiy ta’siri" mavzusida sayyor uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvga bugungi kunda ajrashish arafasiga kelib qolgan oilalar, ajralish haqida ariza bergan, shu bilan birga oilaviy kelishmovchilik tufayli birga yashamayotgan va boshqa shu kabi oilaviy nizolar girdobida qolgan yoshlar, ularning ota-onalari taklif etildi.

Bu oilalarning har biri bilan alohida suhbat o‘tkazilib, muammolari tinglandi. Ularga oilani mustahkamlash, ajrim va sha’riy turmush qurishni oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, muammolarini hal etish, takliflarini amalga oshirish borasida tushuntirish, maslahat berdik. Natijada uchrashuvda 3 nafar nizoli oila yarashtirildi. Qolganlari bo‘yicha yarashtirish chorasini ko‘rish uchun mutasaddi idoralarga tavsiyalar berildi.

Faxriddin Qarshiyev,

Samarqand viloyati sudining sudyasi.