Sayyoramizda tugab borayotgan 7 muhim manba

Dunyodagi xilma-xillik va to‘kin-sochinlik qadimdan olimlarni hayratga solib kelgan. Hozirgi kunda insoniyat Yerning deyarli barcha boyliklarini topdi va hisoblab chiqilgan natijalar ajablanarli. Olimlar Yer boyliklarining aksariyati oxiriga yetayotganidan xavotirda. Demak, tez orada insoniyat dunyodagi ajoyib va muhim narsalardan mahrum bo‘lishi mumkin.

Suv

Muzliklarning erishi nafaqat dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, balki daryo va ko‘llarda mavjud bo‘lgan chuchuk suv zaxiralarining yo‘qolishi, shahar sanoatidagi chiqindilardan tortib atom elektrostansiyalari yaqinidagi suv havzalarining ifloslanishi sababli ichimlik suvi tobora iste’mol qilishga yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Nazariy jihatdan yangi manbalar Yerning qa’rida yashiringan bo‘lishi kerak. Ammo ularga erishish juda ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi. Dastlabki hisoblashlar toza ichimlik suvining keskin tanqisligi insoniyatga kamida 150 yildan so‘ng tahdid solishini ko‘rsatmoqda.

Banan

So‘nggi yillarda banan plantatsiyalarida zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklar yuqtirish hollari tez-tez uchrayapti. Daraxtlar tuproqdan suv va ozuqa moddalarini ololmayapti. Kasallikning yangi turining davosi yo‘q. Mumkin bo‘lgan yagona yo‘l – plantatsiyalarda karantin e’lon qilib, kasal o‘simliklarni yo‘q qilish. Agar Avstraliyadan tashqari Afrikaning sharqiy mintaqalari va Indoneziyadan zamburug‘lar Lotin Amerikasiga yetib boradigan bo‘lsa, unda global banan bozori qulash xavfi ostida qoladi.

Asalari

Tadqiqotlar hatto, shaharlardan uzoqda joylashgan qo‘riqxonalarda ham bu hasharotlarning yo‘q bo‘lib ketish hollarini aniqladi. Bundan inson faoliyatining jonli tabiatga salbiy ta’sirining miqyosi ilgari baholanmaganligini xulosa qilish mumkin. Asalarilar dunyo ekotizimidagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi – madaniy va yovvoyi o‘simliklar uchun jarangdor changlatuvchi juda zarur. Nazariy jihatdan ular 30-70 yil ichida yo‘q bo‘lib ketish bilan tahdid qilinmoqda va ularni hatto naslchilik orqali qo‘llab-quvvatlash ham yordam bermasligi mumkin. Olimlar asalaridan keyin kofe, oshqovoq va keshyu yong‘og‘i yo‘q bo‘lib ketishidan xavotirda.

Oltin

Ushbu metalning so‘nggi namunalari Yer qa’ridan qachon chiqarib olinishi to‘g‘risida yaxlit fikr yo‘q. Bu muhlat 15 yildan 110 yilgacha o‘zgarib turibdi. Nazariy jihatdanu o‘z fazilatlarini yo‘qotmasdan va qazib olish deyarli imkonsiz darajadagi chuqurlikda Yerning toshlarida qoladi. Qanday bo‘lmasin, odamlarga zargarlik buyumlari ko‘rinishida oltinni katta miqdorda sotib olishga imkon beradigan narxlar saqlanib qolinadi. Agar oltindan foydalanuvchi alohida tarmoqlarning ehtiyoji haqida gapiradigan bo‘lsak, zaxiralar keyingi asrlargacha yetarli darajada qazib olingan.

Shokolad

So‘nggi yillarda kakaolarning asosiy yetkazib beruvchilari – G‘arbiy Afrika va Janubiy Amerika iqlim anomaliyalaridan aziyat chekmoqda. Shokolad plantansiyalariga esa Moniliophthora roreri - chirish zamburug‘i hujum qilmoqda. Bu birinchidan, kakao tanqisligini keltirib, narxini ko‘taradi. Ikkinchidan, ko‘plab fermerlarni unchalik muammoli bo‘lmagan ekinlarga o‘tishga majbur qiladi. Bunga yaxshi niyat bilan bo‘lsa-da, olovga yog‘ qo‘shib qo‘ziqorinlarga chidamli va 600 foiz samarali bo‘lgan kakao daraxtlari navini yaratish uchun kurashayotgan seleksionerlar qo‘shiladi. Yangi shokolad odamga unchalik mazali bo‘lib tuyulmaydi, degan taxminlar ham yo‘q emas. Eskisi esi odam uchun kamdan-kam uchraydigan tansiq taomga aylanadi.

 Qum

Uning cho‘llardagi zaxirasi cheksiz. Toshlarning nafaqat tog‘ jinslari nurashi natijasida, balki suv ta’sirida hosil bo‘lgan qumga ehtiyoji  sababli uning asosiy iste’molchisi qurilish sohasidir. Busiz inson zamonaviy betonni ololmaydi. Agar xaritalarda cho‘milishga mo‘ljallangan plyajlar, tabiiy qo‘riqxonalar, deb atalgan hududlar va texnologik sabablarga ko‘ra, qum qazib olish mumkin bo‘lmagan joylar yo‘qotilsa, keyingi 60 yil ichida qurilish kompaniyalari uning taqchilligini boshdan kechirishi mumkin. Aytgancha, bu qurilgan majmualarning narxini oshirishga ham sabab bo‘la oladi.

Baliq

XIX asrda kambag‘allarning oziq-ovqati hisoblangan osyotrlarga mansub ba’zi bir baliq turlari yo‘qolib ketish arafasida. Bundan tashqari, ularning ko‘p yillik nazoratsiz, noqonuniy ovlanishi va jonivorlar yashash sharoitining yomonlashuvi brakonerlikdan keyingi ikkinchi sababdir. Albatta, odam fermalarda ko‘plab baliqlarni ko‘paytirishi mumkin. Bu hatto iqtisodiy nuqtai nazardan ham foydali. Chunki bu  iste’molchilar uchun narxlarni pasaytiradi. Diyetologlar esa sun’iy o‘stirilgan baliqlar o‘sishni rag‘batlantiruvchi gormonlar va odamlar uchun xavfli bo‘lgan antibiotiklar va har xil qo‘shimchalarga tegishli bo‘lishi mumkinligini aytishadi.

Xulosa qilib aytganda, bu taxminlar hozircha oldindan qilinayotgan hisob-kitoblarning o‘ndan bir qismi, xolos. Yo‘qolib ketish, shuningdek, yovvoyi noksimon daraxtlarning bir qator turlari, Gavayi Orollarining rangli plyajlari, chigirtkalar va surmaga tahdid solmoqda. Ro‘yxat deyarli cheksiz...

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.