“Senat raisi kubogi” musobaqasida deputat va senatorlar maydonga tushdi

Samarqand shahrida “Parlament o‘yinlari” sport musobaqasining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, senatorlar va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolaridan iborat jamoalar sportning minifutbol va badminton turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Unda minifutbol bo‘yicha o‘tkazilgan bahsning final bosqichida bulung‘urlik va Navoiy viloyati deputatlari maydonga tushdi. G‘oliblik bulung‘urlik mahalliy Kengash deputatlaridan iborat jamoaga nasib etdi.

Badminton bahsida esa navoiyliklarga teng keladigan topilmadi. Bu sport turida bulung‘urliklar ikkinchi, buxorolik deputatlar esa uchinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi.