“Shaar” so‘zi nimani anglatadi?

Hurmatli tahririyat!
Yaqinda Navro‘z ko‘chasidan shahar markaziga yuraverishda darvoza peshtoqida “Shaar”, degan yozuvga ko‘zim tushdi. Ko‘chaga qo‘yilgan bu nom nimani anglatadi?

Shukrulloxon VALIZODA,
pensioner.

Samarqandning eski shahar qismidan anchasini suv bilan ta’minlagan obi hayot yo‘li “Jo‘yi shahar”, ya’ni “Shahar arig‘i” deb atalgan. U Darg‘omdan suv olgan. Vaqt o‘tishi bilan ariq nomi Shaar ko‘rinishiga kelgan. Ariq sohilida bo‘lgani uchun ko‘chaga ham shu nom berilgan. Bu ma’lumot Tal’at Abdullayevning “Samarqand suvi” kitobida (2017 yil) turli manbalarga tayanib keltirilgan.