Shahar hokimligi: ishonmang, Samarqanddagi pochtaning tarixiy binosi buzilmaydi!
Ikkinchidan, o‘quv korpusining bir qismi quriladigan joydagi pochtaning xat-xabar almashinuvi binosi tarixiy-madaniy obida sirasiga kirmaydi – 1987 yilda qurilgan ta’mirtalab inshootdir. Buzilishi rejalashtirilgan bino madaniy-tarixiy inshoot emasligi haqida Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi mutasaddilarining xulosasi bor.
Ta’kidlash kerak, bugungi kunda shaharda bir qator qurilish ishlari yakuniy espertiza o‘tkazish uchun to‘xtatib qo‘yilgan. 18 yildan buyon shaharda yaroqli bosh reja bo‘lmagani ayni vaqtga kelib ko‘plab ana shunday muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shahar bosh rejasida nafaqat binolar, balki yo‘llar, hatto muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham inobatga olinishi bois bu borada ayrim hududlarda yangi loyihalarni bajarish qiyin kechmoqda.
Muammoni bartaraf etish maqsadida ayni paytda "ToshBoshPlan LITI" instituti vakillari tomonidan shaharning bosh rejasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur reja joriy yilning 1 dekabriga qadar tayyorlanadi va bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Yana bir gap, bugun ayrim yurtdoshlarimiz internetda tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar bilan to‘ldirilgan, eng yomoni, tag zamiri faqat yolg‘ondan iborat bo‘lgan mana shunday asossis xabarlarga ishonib qolmoqdalar.
Shu o‘rinda hurmatli hamshaharlarimizdan olib borilayotgan ishlarning asl mohiyatiga yetmasdan turib ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirmasligini so‘rab qolamiz. Buzilishi rejalashtirilgan uy-joylar bozor narxida baholanib, qonun doirasida kompensatsiya to‘lanadi. Bu borada hech qanday e’tirozga o‘rin qolmaydi.
Samarqand shahri hokimligi